BYD Uzbekistan

BYD Narxlari Arzonlashdi

BYD Chazor gibrid va BYD Han elektromobili uchun 8% chegirma taklif qilmoqda. Ushbu narxlar faqat 2023 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.

Реклама

O‘zbekistonda Chery va BYD avtomobillari narxining pasayishi, mahalliy bozordagi raqobatni kuchaytirmoqda. Cheryning barcha modellari 35-40 million so‘mga arzonlagan bo‘lsa, BYD Chazor hibrid va Han premium elektromobilining narxlari 8% ga tushirildi. Ushbu narxlar 2023 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi. Bu chegirmalar faqat BYDning Chazor va Han modellariga tatbiq etiladi, BYD Song Plus hibridining narxi o‘zgarmagan.

BYD Narxlari 2023

Комплектация и ценаКлючевые отличия
UzPride 55KM Luxe
255 900 000 сум
55 км; 132 кВт; батарея 8,3 кВт·ч; обычный круиз; 6 динамиков
Champion 120KM Flagship
315 200 000 сум
120 км; 145 кВт; батарея 18,3 кВт·ч; ADAS и адаптивный круиз; обогрев передних сидений; 8 динамиков
BYD Song Plus EV ChampionПоследняя цена
Flagship 520 km395 300 000 сум
Flagship 605 km429 800 000 сум
BYD HanПоследняя цена
BYD Han Flagship (715 км пробег на батарее)564 495 000 сум
BYD Han Flagship AWD (610 км пробег на батарее)603 184 000 сум

BYD O‘zbekistonda faoliyatini BYD Uzbekistan Factory qo‘shma korxonasi orqali boshlagan, uning asoschilari BYD Auto va Uzavtosanoat hisoblanadi. Ushbu korxona 55 milliard so‘mlik ustav kapital bilan Jizzaxda 2023 yilning 23 yanvarida ro‘yxatdan o‘tgan. Uzavtosanoat AJ korxonaning 60% ulushiga, BYD EUROPE B.V. esa 40% ga ega.

Qo‘shma korxona O‘zbekiston bozoriga BYD brendining eng mashhur hibrid elektromobillarini, jumladan, Chazor, Song Plus va premium elektromobil Han modellarini olib kirdi. O‘zbekistonda sotiladigan avtomobillar o‘zbek tilidagi dasturiy ta’minot bilan ta’minlanadi va internet orqali avtomatik yangilanadi.

Реклама

BYD Uzbekistan Factory zavodi 2024 yilda avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi. Zavodning qurilishi 2024 yil aprelida tugatilishi rejalashtirilgan, bu vaqtda zavodning konveyeridan birinchi O‘zbekistonda yig‘ilgan elektromobillar va hibridlar chiqishi kerak. Dastlabki bosqichda Xitoyning BYD kompaniyasi tomonidan ta’minlanadigan tarkibiy qismlardan yirik blokli, “otvertkali” yig‘ish amalga oshiriladi. Kelajakda, UzAuto zavodida BYD avtomobillari uchun kuzovlar, elektromotorlar va batareyalar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button