Avtokredit Narxlari 2026UzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

Eng Qulay Avtokreditlar

2026-yil oktabr holatiga koʻra Oʻzbekiston banklaridagi avtokredit foizlari: yillik stavka, boshlangʻich toʻlov va kredit muddati

Реклама

Статья доступна на русском языке.

2026-yil oktabr holatiga koʻra, jismoniy shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun umumiy avtokredit dasturlari boʻyicha eng past stavkani «Sanoat Qurilish Bank» (SQB), Milliy bank va «Ipak yoʻli bank» taqdim etayotgan boʻlsa, eng yuqori stavka «Anorbank» va «Asaka bank» tomonidan taklif etilmoqda.

Quyidagi jadvalda banklarning umumiy avtokredit dasturlari boʻyicha yillik foiz stavkasi, boshlangʻich toʻlov va kredit muddati keltirilgan.

Реклама
BankFoiz, boshlangʻich toʻlov, muddat
Anorbank8–27% (Avtokredit 4.0), 33% (Avtokredit 3.0); 10% dan; 60 oygacha
Kapitalbank0–19,5% (faqat Cobalt); 25% dan; 60 oygacha
Hamkorbank23,99–28%; 25% dan; 5 yilgacha
Ipak yoʻli bank20,9–24,9%; 25% dan; 60 oygacha
Tenge Bank22,9%; 26% dan; 48 oygacha
Tenge Bank (elektromobillar)27,9%; 26% dan; 48 oygacha
Asia Alliance Bank21–26%; 25% dan; 60 oygacha
InfinBANK26,99%; 20% dan; 48 oygacha
Trastbank21–23,9%; 25% dan; 60 oygacha
Davr Bank (BYD)26,99%; 15%; 60 oygacha
Octobank24%; 25%; 60 oygacha
Orient Finans bank21,9–24,5%; 25% dan; 60 oygacha
Ipoteka bank0–25% (brendlar boʻyicha dasturlar); 25% dan; 5 yilgacha
Turon bank20,99–22,99%; 25% dan; 60 oygacha
Milliy bank20–22%; 20% dan; 60 oygacha
Xalq bank23–24%; 25% dan; 60 oygacha
Sanoat Qurilish Bank20–22%; 25% dan; 60 oygacha
Asaka bank24,9–29,9%; 20% dan; 60 oygacha
Agrobank23–26%; 25% dan; 60 oygacha
Aloqabank23–24,5%; 15% dan; 60 oygacha

«Ipak yoʻli bank» yillik 22,9–24,9% foiz stavkasi, boshlangʻich toʻlov 25%, 5 yil muddatga, hamda kredit miqdori 800 mln soʻmgacha boʻlgan shartlarda kredit taklif etmoqda. 12 oyga stavka 20,9%.

«Orient Finans bank»da avtokredit olish shartlari: boshlangʻich toʻlov 25% boʻlsa foiz stavkasi 24,5%, 50% dan ortiq boʻlsa 21,9%, kredit miqdori 800 mln soʻmgacha, kredit muddati 60 oy.

«Turon bank» mijozlarga quyidagi shartlar asosida avtokredit taklif qilmoqda: yillik foiz stavkasi 20,99–22,99%, boshlangʻich toʻlov 25–30% dan, kredit muddati 60 oy va kreditning maksimal qiymati 2000 BHM, yaʼni 880 mln soʻmgacha.

Avval «Ravnaq bank» nomi bilan ishlagan «Octobank» 2026-yil iyulidan avtokredit bermoqda: boshlangʻich toʻlov 25%, yillik foiz stavkasi 24%, 2026-yil 31-dekabrgacha bankning korporativ mijozlari xodimlari uchun 21%, muddat 60 oygacha.

«Xalq bank» boshlangʻich toʻlov 25% boʻlganda yillik 24%, ish haqi loyihasi ishtirokchilariga 23% stavkada, 60 oygacha muddatga va 600 mln soʻmgacha kredit ajratmoqda.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, brend dasturlari va 0% aksiyalardan tashqari umumiy dasturlar boʻyicha eng past stavkani «Sanoat Qurilish Bank» (12 oygacha 20%), Milliy bank (30% boshlangʻich toʻlovda 20%), «Ipak yoʻli bank» (12 oyga 20,9%) va «Turon bank» (50% boshlangʻich toʻlovda 20,99%) taqdim etayotgan boʻlsa, eng yuqori stavka «Anorbank» (33%) va «Asaka bank» (29,9% gacha) tomonidan taklif etilmoqda.

Chevrolet Onix, Tracker, Damas va Cobalt, shuningdek Kia, Chery, Haval, Changan va BYD uchun koʻplab banklar avtosalonlar bilan birgalikda 0% dan boshlanadigan stavkali avtokredit beradi.

Avtokredit nima va uni qanday olish mumkinligi haqida: Avtokredit nima?

Maʼlumotlar tijorat banklarining veb-saytlaridan olingan boʻlib kredit shartlari oʻzgarishi mumkin. Batafsil maʼlumot uchun bankning veb-saytiga tashrif buyurishingiz mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button