Yangi Cobalt MCM — endi avtosalonlarda
Yangi Cobalt MCM allaqachon avtosalonlarda namoyishda — shartnoma olish 3-noyabrdan boshlanadi. UzAuto Motors yangilangan dizayn va texnologiyalarga ega Midnight MCM versiyasini xaridorlarga taqdim etishga tayyorlanmoqda.

UzAuto Motors yangi Cobalt avtomobillarini dilerlik markazlariga yetkazishni boshladi. Endi avtosalonlarda yangilangan opsiyalar bilan jihozlangan Chevrolet Cobalt Midnight MCM namunalarini ko‘rish mumkin.
UzAuto Motors Cobalt uchun shartnomalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda: deyarli barcha yirik avtosalonlarga namoyish uchun avtomobillar yetkazilgan.
Midnight MCM komplektatsiyasi dizayn va texnologiyada yangicha yondashuvni aks ettiradi. Salon ekocharm bilan qoplangan, old o‘rindiqlarda isitish tizimi mavjud, yangi tikuv dizayni esa interyerga zamonaviy ko‘rinish beradi. Butun ichki makon qora ranglarda bezatilgan — ruldagi boshqaruv tugmalari, pol qoplamasi, asboblar paneli, markaziy konsol, eshik qoplamalari va audio tizim detallari yagona uslubda ishlangan.
Tashqi qiyofada ham Midnight uslubi yaqqol seziladi: qora oynalar, qoraytirilgan faralar va qora quyma g‘ildirak disklari avtomobilga yanada jiddiy ko‘rinish beradi.
Cobalt uchun shartnomalar 3-noyabr kuni ochiladi
Sotuvda ham avvalgi, ham yangilangan MCM versiyalari bo‘ladi:
| Цена Chevrolet Cobalt Narxi 2026 | |
|---|---|
| Chevrolet Cobalt Style MCM 1,5 л, АКПП-6 Кондиционер, литые диски, противотуманные фары, мультимедиа с дисплеем 7" и Bluetooth, кнопки на руле, круиз-контроль, подогрев передних сидений, мотор адаптирован под газ, защита картера. | 156 100 000 сумов 146 100 000 сумов при оплате сразу |
| Chevrolet Cobalt Midnight MCM 1,5 л, АКПП-6 Как Style MCM, отличия: черные диски и зеркала, черные вставки на руле, фары с матово-серой отделкой, серая окантовка задних фонарей, кожаная обивка сидений. | 165 200 000 сумов |
UzAuto Motors ma’lumotiga ko‘ra, shartnomalar barcha dilerlik markazlarida rasmiylashtiriladi. Onlayn savdo esa rejalashtirilmagan. Shartnomalar boshlanishining aniq vaqti keyinroq e’lon qilinadi.





zohid olimmov@